Qodirovning o‘g‘illari Checheniston amaldorlarining farzandlariga yashirincha uylangan – OAV
Olam
−
21 iyun
14305Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning ikki o‘g‘li Eli va Adam mamlakatdagi nufuzli amaldorlarning qizlariga uylangan. Bu haqda “Novaya Gazeta Europe” nashri o‘z manbalariga tayanib xabar berdi.
Yozilishicha, Qodirovning ikki voyaga yetmagan o‘g‘li – 17 yoshli Eli va 16 yoshli Adam otasining yaqin safdoshlari hisoblanadigan Davlat Dumasi deputati Adam Delimxonovning nabirasi va senator Sulaymon Geremeyevning qizi bilan yashirincha oila qurgan.
Eng qizig‘i, kelinlardan biri 14 yoshda va u Delimxonovning nabirasi. Manba deputat nabirasining ommaviy videolari tahlili va unga yaqin bo‘lgan insonlar bilan suhbatlashgandan so‘ng shunday xulosaga kelgan. Biroq jurnalistlar ikkinchi kelinning yoshini aniqlay olmagan. Shuningdek, Chechenistonda joriy yilning 8 iyun kuni to‘ylari nishonlangan to‘rt nafar yangi turmush qurganlarning kamida uchtasi voyaga yetmaganlardir.
To‘y haqidagi ma’lumotlar baxtsiz hodisa tufayli ma’lum bo‘ldi. Xabarlarga ko‘ra, to‘y korteji tufayli Kavkaz federal magistrali to‘sib qo‘yildi. Konvoydagi birinchi avtomobil – zirhli Rolls-Royce tasodifan o‘ziga qarab kelayotgan yo‘lovchi mashinani urib yuborgan. Haydovchi shifoxonaga yotqizilgan, kortej esa to‘xtamasdan harakatni davom ettirgan.
“Nufuzli yoki mutlaqo sodiq chechen oilalari bilan nikoh ittifoqi Qodirov uchun uning o‘zi hokimiyatdan yoki bu dunyodan ketganidan keyin bolalarining xavfsizligi uchun kafolat vazifasini o‘taydi”, deb yozadi nashr Qodirovning kasalligi haqidagi turli xabarlarga ishora qilib.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning aprel oyida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining 16 yoshli o‘g‘li Adamni Vladimir Putin nomidagi Rossiya maxsus kuchlari universitetiga kurator etib tayinlagandi.
LiveBarchasi