Qodirov va uning oilasini qo‘riqlash uchun byudjetdan qancha mablag‘ ketgan?

Olam

image
0:00
0:00
download

2017 yildan beri Checheniston rahbari Ramzan Qodirov va uning oilasini himoya qilish uchun byudjetdan kamida bir milliard rubl - yiliga taxminan 200 million rubl sarflangan. Ushbu pullar evaziga Checheniston rahbari va uning qarindoshlari Rossiya gvardiyasining 388 tadan 430 tagacha askarlari tomonidan qo‘riqlangan. 

Joriy yil fevral oyida Qodirovning qarorgohida xizmat ko‘rsatuvchi bo‘limlar, shuningdek uning oila a’zolarining shaxsiy uylari bilan Rosgvardiya bir yil muddatga umumiy qiymati 201,4 million rubl bo‘lgan bir nechta shartnomalar tuzgan. 

Ramzan Qodirovning onasi Oymoni Qodirova va uning oilasini himoya qilish uchun mas’ul muassasa tomonidan yuqoridagi mablag‘ning yarmidan ko‘pi, ya’ni, 102,1 million rubl ajratilgan. 

2017 yilda Checheniston bo‘limlari 200 nafar soqchini 101,6 million rublga yollagan. Ularning 62 tasi Checheniston rahbarining qarorgohini qo‘riqlash uchun yuborilgan, qolganlari Grozniydagi Qodirov ma’muriyati binosini qo‘riqlagan. 

Keyinchalik, muhofaza qilinadigan ob’ektlarning manzillari xarid materiallaridan olib tashlangan. 

Shu bilan birga, hujjatlarda "Checheniston Respublikasi birinchi Prezidenti Qodirov Ahmadning beva ayolining ijtimoiy va boshqa kafolatlari to‘g‘risida"gi qonunga muvofiq muhofaza qilinadigan ob’ektlar haqida so‘z yuritilgan. 

Ushbu qonunga binoan Oymoni Qodirova va uning oila a’zolari xavfsizlik bilan ta’minlangan, shuningdek Qodirovning onasi kommunal to‘lovlardan ham ozod qilingan va unga qarilik uchun oylik nafaqa, bepul tibbiy va transport xizmatlari ko‘rsatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

618

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing