Qodirov o‘zining xususiy harbiy kompaniyasini yaratmoqchi
Olam
−
20 fevral 2023
6882Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining xususiy harbiy kompaniyasini yaratishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u o‘zining Telegram kanalida ma’lum qildi.
“Hozir biz ishonch bilan aytishimiz mumkinki, “Vagner” xususiy harbiy kompaniyasi o‘zining harbiy nuqtai nazardan samaradorligini isbotladi va ularga bo‘lgan ehtiyoj haqidagi gap-so‘zlarga chiziq tortdi. Shubhasiz, bunday professional shakllanishlar zarurdir”, deydi Qodirov.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u davlat xizmatidagi ishini tugatgach, xususiy harbiy kompaniya tashkil etishni rejalashtirgan.
Ma’lumot uchun, Chechenistonda Milliy gvardiya va Rossiya Federatsiyasi Ichki ishlar vazirligi tarkibiga kiruvchi bir nechta bo‘linmalar mavjud. Bularga “Axmat”, “Yug” bataloni, Rossiya Qahramoni “A.A.Qodirov” nomidagi maxsus politsiya polki kiradi. Shulardan “Axmat” Ukrainadagi jangovar harakatlarda qatnashadi.
LiveBarchasi