Qodirov Ukraina shaharlarini yo‘q qilishga chaqirdi
Olam
−
25 Oktabr 2022
11251Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiya o‘z hududlarini o‘qqa tutishiga “zaif javob” berayotganidan noroziligini bildirdi.
“Biz Ukraina hududida “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazyapmiz, deb aytardik, lekin urush allaqachon bizning hududimizda davom etmoqda. Va mening fikrimcha, agar sizga qiziq bo‘lsa, men bundan juda noroziman”, deydi Qodirov.
Qodirovning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududining o‘qqa tutilishiga javoban Ukraina shaharlari “yerdan yo‘q qilinishi” kerak.
“Biz allaqachon harbiy holat e’lon qilganmiz. Lekin ular [ukrainaliklar] uyalmayapti, otyapti. Biz shunday javob beryapmiz, nazarimda, zaif javob beryapmiz. Agar snaryad biz tomonga, mintaqamizga uchib kelgan bo‘lsa, biz shaharlarni qirib tashlashimiz kerak. Uzoq ufq ko‘rinishi uchun. Bizning yo‘nalishga otishni o‘ylashlari ham mumkin emasligini tushunishlari uchun”, deydi Qodirov.
Qodirovning fikricha, “shaharlarni yo‘q qilishga” qaror qilib, G‘arbning bunga javobi haqida qayg‘urmaslik kerak.
Qodirov Rossiya yerlari deb qaysi hududlarni nazarda tutayotganiga aniqlik kiritmagan. U Ukrainaning anneksiya qilingan hududlarini qaytarib olishga bo‘lgan urinishlarni ham rus yerlariga hujum deb baholagan bo‘lishi mumkin.
LiveBarchasi