Qodirov Ukraina qo‘liga o‘tgan Xarkov shaharlari yana bosib olinishini aytdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Xarkov viloyati shaharlari ustidan nazorat Rossiya qo‘shinlari tomonidan qaytarilishiga ishonchi komil. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida e’lon qilingan audioyozuvda so‘z ochdi. 

Kecha, 10 sentyabr kuni Rossiya Mudofaa vazirligining rasmiy vakili general-leytenant Igor Konashenkov Donbassni “ozod qilish” bo‘yicha “maxsus harbiy operatsiya”ning belgilangan maqsadlariga erishish uchun Donetsk yo‘nalishidagi sa’y-harakatlarni kuchaytirish maqsadida Balakley va Izyum viloyatlarida joylashgan Rossiya qo‘shinlarini qayta to‘plash to‘g‘risida qaror qabul qilinganini aytgandi. 

“[Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi] vaziyatga oydinlik kiritdi, shuning uchun ular Izyum, Kupyansk, Balakley shaharlarini Xarkov yo‘nalishi bo‘yicha tark etishdi. Bu hayotni yo‘qotishning oldini olish uchun harbiy strategiya tufayli majburiy chora edi. Bu mutlaqo hech narsani anglatmaydi. Men, Ramzan Qodirov, sizga rasman aytamanki, bu shaharlarning barchasi qaytariladi. Bizning odamlar allaqachon u yerda – bu ish uchun maxsus tayyorlangan yigitlar. Yana 10 ming jangchi ketishga tayyor. Va biz yaqin orada Odessaga yetib boramiz va aniq natijalarni ko‘rasiz”, deydi Qodirov. 

Shuningdek, u kelajakda Rossiya Mudofaa vazirligi rahbariyatiga murojaat qilib, vaziyat bo‘yicha o‘z qarashlarini aytish niyatida ekanligini ta’kidladi.

“Agar bugun yoki ertaga “maxsus harbiy operatsiya” o‘tkazish strategiyasiga o‘zgartirish kiritilmasa, men Mudofaa vazirligi rahbariyati va mamlakat rahbariyatiga mintaqadagi vaziyatni tushuntirish uchun murojaat qilishim kerak. Vaziyat juda qiziq. Bir qancha shahar va qishloqlar berilganining ijobiy tomonlari ham bor. Biz, reklamasiz, odamlarimizni ishga tushirdik, ular joyida maxsus topshiriqda edilar, ular o‘rnidan turib, o‘z ishlarini boshladilar”, deya qo‘shimcha qilgan Qodirov.

Eslatib o‘tamiz, 10 sentyabr kuni kechga borib Prezident Zelenskiy oy boshidan beri Ukraina Qurolli Kuchlari mamlakatning Rossiya bosqini ostida qolayotgan 2000 kilometrga yaqin qismini ozod qilganini ma’lum qilgandi. Keyinroq Xarkov viloyatidagi Vasilenkovo va Artemovka aholi punktlari rus bosqinchilaridan tozalangani aytildi


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Rossiya-Ukraina urushi Ukrainaga bosqin

Baholaganlar

387

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made