Qodirov Putinga hisobot berdi

Olam

image

Bugun, 23 fevral kuni Kremlda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan suhbatlashdi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Putin Checheniston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va 2024 yilga mo‘ljallangan mintaqani rivojlantirish rejalari bilan qiziqqan. Qodirov unga respublikani rivojlantirishda federal markazning e’tibori va ishtirokini talab qiladigan eng muhim yo‘nalishlar, investitsiya loyihalari haqida bayonot bergan. 

Shuningdek, Putin va Qodirovdan Shimoliy harbiy okrug hududida xizmat qilayotgan chechen bo‘linmalari faoliyati haqida ham gaplashgan. Checheniston rahbari Putinga harbiylarning jangovar holati, xizmat ko‘rsatish sharoiti, jihozlari va jismoniy imkoniyatlari haqida so‘zlab bergan.

Putin Qodirovdan chechen jangchilarining yutuqlari va maxsus harbiy operatsiyaga qo‘shgan hissasini yuqori baholab, ularga Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan minnatdorchilik, samimiy tabriklar va ezgu tilaklarini yetkazishini so‘ragan.

Qodirov ijtimoiy tarmoqqa joylagan posti yakunida Putinni og‘zidan bol tomib maqtagan va unga "barchasi uchun" minnatdorlik bildirgan.

“Men Vladimir Vladimirovichga vaqt ajratgani, ko‘tarilgan barcha masalalarda mutlaq qo‘llab-quvvatlagani va jangchilar va butun chechen xalqiga aytilgan minnatdorlik so‘zlari uchun rahmat aytaman. Rossiya Prezidentining bunday nozik e’tibori buyuk Rossiyamizga hurmat va g‘urur tuyg‘usini uyg‘otadi”, deya so‘zini yakunlagan Checheniston rahbari.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ramzan Qodirov kuyoviga “Checheniston qahramoni” unvonini bergani haqida xabar qilgan edik.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing