Qodirov Putin bo‘yicha maddohona taklif bildirdi

Olam

image

Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov mahalliy hokimiyat vakillari bilan majlisda Rossiya Federatsiyasining amaldagi Prezidenti Vladimir Putinni umrbodga mamlakat rahbari qilish taklifini bildirdi.

“Men har doim aytaman: biz Vladimir Putinni umrbodka Prezident qilib saylashimiz kerak. Bugun kim uning o‘rnini to‘ldira oladi? Dunyo miqyosida bunday lider yo‘q”, dedi Qodirov.

U shuningdek, Konstitutsiyaga kiritilayotgan har qanday o‘zgartirish “davlat pozitsiyasi mustahkamlanishi”ga dahldor ekanini, shuning uchun, har bir rossiyalik ovoz berishda ishtirok etishi kerakligini ta’kidladi.

Shuni alohida qayd etish kerakki, Qodirovning taklifisiz ham Putin RF prezidentligiga qayta saylanish uchun o‘ziga zamin hozirlyapti. Buning uchun mamlakat bosh qomusiga o‘zgartirish kiritish rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, RF Konstitutsiyasiga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha Umumrossiya ovoz berishi 25 iyunb kuni boshlangan. Hozirda Moskva va Novosibirskda onlayn ovoz berish jarayoni ketyapti. 1 iyul kuni butun mamlakat bo‘ylab ovoz berish o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin Ramzan Qodirov

Baholaganlar

569

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing