Qodirov Xersonda chechen askarlari o‘ldirilganini tan oldi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Ukrainaning Xerson viloyatida jang qilayotgan chechen bo‘linmalaridan birining 23 jangchisi halok bo‘lgani va 58 nafari jarohatlanganini ma’lum qildi. O‘sha jangda 70 nafar ukrainalik askarlar halok bo‘lgan.

Checheniston rahbari respublika rasmiylari halok bo‘lgan jangchilarning yaqinlariga barcha zarur yordamni, jumladan, oilalari uchun musulmonlar muqaddas Makkaga ziyorat qilishni tashkil etishini va’da qildi. Qodirov o‘lgan askarlarning dafn marosimi uchun 1 million rubl ajratilishini, yana 12 millioni davlat tomonidan oilaga to‘lanishini, yaradorlar uch million rubl olishini qayd etgan.

25 oktyabr kuni Ukrainaning Xerson viloyati harbiy okrugi rahbari Sergey Xlan Ukraina Qurolli Kuchlarining Xerson viloyatidagi chechenlar polki bazasiga uyushtirgan hujumi natijasida 40 dan ortiq jangari halok bo‘lgani va 200 ga yaqini jarohatlanganini ma’lum qilgandi. Ukraina Qurolli Kuchlari Bosh shtabi o‘zining kechki hisobotida Qohira qishlog‘idagi maktabga zarba berilgani va natijada “30 ga yaqin odam” halok bo‘lganini ta’kidladi.

Qodirovning 27 oktyabr kuni e’lon qilingan postigacha Rossiya tomoni Chechenistondan kelgan jangchilarning Xerson viloyatida halok bo‘lgani haqida izoh bermadi.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov

Baholaganlar

640

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing