Qodirov chiroyli ayollarga “suyagi yo‘qligi”ni aytdi

Olam

image

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov hayotni, go‘zal ayollarni sevishini va chiroyli kiyinishga harakat qilishini aytdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalidagi jonli efirda so‘z ochdi.

“Men sog‘lom fikrli, chuqur dindorman. Men bu hayotni sevaman, go‘zal ayollarni sevaman. Men chiroyli kiyinishga harakat qilaman. Bu hayot ko‘pchilik qatori menga ham yoqadi”, degan Ramzan Qodirov hech qanday yomon ish qilmaslikka harakat qilishini, biroq u avliyo yoki ma’naviy ustoz emasligini ta’kidlab.

Shuningdek, u sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi savolga javob berdi. 

"Men hozir tirikman va yaxshiman", degan Qodirov.

Bundan tashqari, u 2024 yil oxirida ta’tilga chiqmoqchi ekanligini ma’lum qildi. 

“Kelgusi yil oxirida ta’tilga chiqmoqchiman. Men ishga tashqaridan qarashni xohlayman. Nima kerakligini, qanday loyihalarni hal qilish kerakligini, nima yetishmayotganini tushunmoqchiman”, deydi Qodirov.

Ma’lumot uchun, Ramzan Qodirov 2023 yil iyul oyida ta’tilga chiqqan edi. O‘shanda hukumat raisi Muslim Xuchiyev Checheniston rahbari vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Ramzan Qodirov Checheniston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing