Qodirov bedavo dardga yo‘liqqani rostmi? U mish-mishlarga izoh berdi (video)
Olam
−
15 mart 2023
16296Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o‘zining davolab bo‘lmaydigan kasallikka uchragani haqidagi mish-mishlarni rad etdi. U sog‘lom va kuchga to‘la ekanligini ta’kidladi. Bu haqda Qodirov o‘zining Telegram-kanalida yozdi va ushbu izoh tasvirlangan videoni joyladi.
Qodirov kinoya bilan uning kasalligi haqidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga umid qilganlarni xafa qilganidan afsusda ekanligini aytdi. Uning ta’kidlashicha, u avvalgidek sport bilan shug‘ullanmoqda, tog‘larga chiqyapti, shuningdek, Chechenistonni rivojlantirishdagi muhim masalalarni hal qilmoqda.
Bundan tashqari, respublika rahbari qo‘lida tibbiy asbob emas, balki elektron namoz hisoblagichi borligini tushuntirdi. Uning yordami bilan Qodirov necha marta salovot o‘qiganini ko‘radi.
Eslatib o‘tamiz, ba’zi ommaviy axborot vositalari Qodirovning buyragida muammo borligi haqida ma’lumotlar tarqatgan edi. Ushbu versiya foydasiga, fevral oyida Checheniston rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Moskvadagi Federal Majlisga murojaatini o‘tkazib yuborgani haqida ma’lumotlar keltirildi. Boshqa nashrlar ehtimoliy kasallik haqida gapirib, Qodirovning vazni ortib ketganiga e’tibor qaratdi.
Aytish joizki, joriy yilning 13 mart kuni Checheniston rahbari Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashgani haqida hisobot berdi. So‘ng u davlat rahbariga respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyat va o‘tgan yil yakunlari, iqtisodiyotning asosiy tarmoqlarini rivojlantirish to‘g‘risida ma’lumot berganini ta’kidladi.
LiveBarchasi