Qodirov amaldorlardan fuqarolarning do‘kondagi qarzini uzishni so‘radi
Olam
−
04 aprel
14529Checheniston rahbari Ramzan Qodirov mansabdorlarni mahalliy aholining oziq-ovqat do‘konlaridagi qarzlarini o‘z zimmasiga olishga chaqirdi. Bu haqda u 3 aprel kuni Grozniyda bo‘lib o‘tgan kengaytirilgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Qodirov yig‘ilishda o‘z ona tilida gapirib, “ko‘pchilik moliyaviy qiyinchilik sababli kreditga mahsulot sotib olishga majbur bo‘layotgani"ni ma’lum qildi.
“Men Hadijatdan (Hadijat Qodirova – Ramzan Qodirovning qizi, Checheniston hukumati va ma’muriyati rahbari o‘rinbosari) SMS oldim, ko‘p odamlar moliyaviy imkoniyat yo‘qligi sababli tovarlarni qarzga olishga majbur bo‘lmoqda ekan. Ularning qarzlarini yopishga yordam bersangiz savob bo‘ladi. Xalq bizdan rozi bo‘ladi. O‘rnak sifatida men o‘zim yashayotgan hududdagi kambag‘allarning bor qarzlarni to‘lab beraman”, degan Checheniston rahbari.
Qodirovning so‘zlarini yig‘ilishda ishtirok etayotgan rasmiylar olqishlagan.
Ma’lumot uchun, Chechenistonda mahalliy aholi kichik do‘konlardan oziq-ovqatlarni foizsiz qarzga olishi mumkin.
LiveBarchasi