Qobuldagi masjidda kuchli portlash bo‘ldi
Olam
−
30 aprel 2022
6095Kecha, 29 aprel kuni Afg‘oniston poytaxti Qobuldagi masjidda kuchli portlash yuz berdi. “Independent” nashrining mahalliy aholi vakillariga tayanib yozishicha, portlashdan butun mahalla larzaga kelgan.
“Tolibon” vakili masjidda sodir bo‘lgan kuchli portlashda kamida 10 kishi halok bo‘lgani va 20 kishi yaralanganini tasdiqlagan.
Mahalliy aholi musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyining oxirgi juma kuni namoz o‘qish uchun “Xalifa Og‘a Guljon” masjidida yuzlab namozxonlar to‘planib qolgani sababli qurbonlar soni ortishidan qo‘rqmoqda.
“Tolibon” tomonidan tayinlangan ichki ishlar vazirligi vakili Muhammad Nafi Takor harakat xavfsizlik kuchlari hududni o‘rab olgani bois batafsil ma’lumot bera olmasligini ma’lum qilgan.
Portlash qanday kelib chiqqani hozircha noma’lum va hech kim bu uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgani yo‘q.
Kamron Kenjayev
LiveBarchasi