Qobulda avtobus ag‘darilib, 26 yo‘lovchi halok bo‘ldi

Olam

image

Bugun, 27 avgust kuni Afg‘oniston poytaxti Qobul shahri yaqinida yo‘lovchi avtobusi ag‘darilib ketishi oqibatida kamida 26 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Amu” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, voqea ertalab Argandiy hududida sodir bo‘lgan. Avtobus Afg‘onistonning janubi, Hilmond va Qandahordan kelayotgan yo‘lovchilarni olib ketayotgan edi.

Afg‘onistondagi “Tolibon” muvaqqat hukumatining ichki ishlar vazirligi vakili Abdul Matin Qoniyga ko‘ra, baxtsiz hodisaga ehtiyotsizlik sabab bo‘lgan. YTHda 27 kishi jarohat olgan. Voqeaning qolgan tafsilotlari ochiqlanmagan. 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 avgust kuni Afg‘oniston g‘arbidagi Hirot viloyatida Eron hududidan deportatsiya qilingan qochqinlarni olib ketayotgan yo‘lovchi avtobus yuk mashinasi va mototsikl bilan to‘qnashib, yonib ketishi oqibatida kamida 71 kishi, jumladan 17 bola halok bo‘lgandi. Viloyat politsiyasiga ko‘ra, halokatga avtobusning “haddan tashqari tez harakatlangani va haydovchining beparvoligi” sabab bo‘lgan.


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Qobul Argandiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing