Qobulda hibsga olishlarni boshlagan “Tolibon” sobiq hukumat amaldorlari uchun amnistiya e’lon qildi
Olam
−
17 avgust 2021
12478“Tolibon” harakati bugun, 17 avgust kuni sobiq hukumat amaldorlariga amnistiya e’lon qildi va ularni o‘z ishlarini qayta boshlashga chaqirdi. Bu haqda AFP toliblar bayonotiga tayanib ma’lum qildi.
“Hamma uchun umumiy amnistiya e’lon qilindi <...> shuning uchun siz odatdagi hayotingizga to‘liq ishonch bilan qaytishingiz kerak”, deyiladi bayonotda.
Shu bilan birga OAVda sobiq hukumat bilan faol hamkorlik qilgan amaldorlar hibsga olinayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda. Ular jinoyatga aloqadorligi aytilmoqda.
“Jinoyatga aloqador ko‘plab shaxslar qo‘lga olindi. Hech kimga sobiq amaldorlarning uylariga kirishga, ulardan mashina talab qilishga va tahdid qilishga ruxsat berilmagan. Ular jiddiy qabul qilinadi va qattiq ta’qib qilinadi”, degan harakat vakili Zabihulla Mujohid.
Qayd etish kerakki, Afg‘oniston Islom Respublikasi endi yo‘q. Joriy yilning 15 avgust kuni hokimiyat “Tolibon” harakati nazoratiga o‘tdi. Ular esa bir vaqtlar mavjud bo‘lgan Afg‘oniston Islom Amirligini qayta tuzmoqchi. Prezident Ashraf G‘ani iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. Boshqaruvsiz qolgan Afg‘oniston harbiylari mamlakatdan qochishga harakat qilmoqda.
Harakat hokimiyatni qo‘lga olishi bilan fuqarolardan mamlakatni tark etmaslikni va o‘z ishlarini davom ettirishni so‘ragandi. Biroq Qobul olinishidan avval viloyatlarda davlat tuzilmalarida ishlovchi ayollardan ishlarini qarindoshlariga topshirishni talab qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.
LiveBarchasi