Qobul aeroporti masalasi: Erdo‘g‘an Turkiya toliblarga yordam bermasligi haqida gapirdi
Olam
−
27 Sentabr 2021
8053Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an o‘z mamlakati vakillari Afg‘oniston poytaxti aeroportida yo‘qligini ma’lum qildi.
“Hozirda “Tolibon” bilan kelishuvga erishganimiz haqida hech qanday gap yo‘q. Bu haqda gapirishdan ma’no yo‘q. Chunki biz hozir aeroportda yo‘qmiz”, degan Erdo‘g‘an.
Prezidentga ko‘ra, Turkiya va Afg‘onistonni tarixiy munosabatlar bog‘lab turadi va Anqara har doim Qobulni qo‘llab-quvvatlab kelgan.
“Ammo “yo‘l qo‘yilgan xatolar” tufayli turk qo‘shinlari va fuqarolari mamlakatdan evakuatsiya qilindi. Afg‘oniston hukumati inklyuziv emas. Bu masala so‘roq bo‘lib tursa, biz Afg‘onistonda bo‘lolmaymiz”, degan Turkiya Prezidenti.
Avvalroq, Anqara AQSH qo‘shinlarining Afg‘oniston kabi Suriya va Iroqdan ham olib chiqilishini xohlashi haqida xabar bergandik.
Eslatib o‘tamiz, “Tolibon” harakati Turkiyaga Qobul aeroportining fuqarolik boshqaruvida ishtirok etishni taklif qilgandi.
LiveBarchasi