Qizlari sanksiyaga uchragan Putin bolalarga cheklov qo‘yishni shizofreniyaga tenglashtirdi

Olam

image

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning fikricha, ba’zi rossiyalik siyosatchilarning farzandlariga qarshi G‘arb tomonidan joriy etilgan sanksiyalar xaddan oshish va shizofreniya bilan chegaradosh harakat hisoblanadi. Bu haqda TASS nashri xabar berdi. 

“Menimcha, bu shizofreniya. Chunki voyaga yetmagan bolalarni sanksiyalar ostiga qo‘yish odatda g‘ayritabiiy ish. Menimcha, ular endi nima qilayotganlarini tushunmay qolganga o‘xshaydi”, deya fikr bildirgan Rossiya rahbari.

Shuningdek, Prezident Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belovaga nisbatan Ukrainadan bolalarni o‘g‘irlaganlik aybi bilan joriy qilingan sanksiyalarga munosabat bildirgan.

Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ombudsman rossiyalik bolalarni urush zonalaridan olib chiqishga yordam beradi, buning uchun unga faqat ta’zim qilish kerak.

“Ombudsman bolalarni urush zonasidan yoki Donbassdagi xavfli zonalardan olib chiqqani normal holat. Buning nimasi yomon? Buning uchun unga rahmat aytishimiz va ta’zim qilishimiz kerak”, deydi Rossiya Prezidenti.

Bundan tashqari, u Ombudsman o‘z hayoti va sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yadigan ezgu missiya ekanini ta’kidlagan.

“Bizga ma’lumki, u – Xudo uni asrasin, farzandlarimizni urush zonalaridan: Suriyadan, Iroqdan olib chiqish bilan shug‘ullangan va hozir ham shug‘ullanadi degan umiddaman. Turli holatlar tufayli bolalar u yerda qolgan – o‘z xohishlari bilan emas, albatta”, deya tushuntirgan Putin.

Eslatib o‘tamiz, Kanada va Avstraliya davlatlari Putinning qizlari  – Mariya Voronsova, Katerina Tixonovaga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi. Ular OAVda Vladimir Putinning qizlari sifatida bilingan. Voronsova va Tixonovaga sanksiyalar joriy etilishi ortidan Kreml bunga javob qaytarilishini ma’lum qilgan.

Ma’lumot o‘rnida, joriy yilning 15 sentyabr kuni Rossiya bolalar ombudsmani Mariya Lvova-Belova minglab ukrainalik bolalarni Rossiyaga deportatsiya qilish harakatlariga yetakchilik qilganlik, shuningdek, bolalarni majburiy asrab olish va ularga Rossiya fuqaroligini berishni tezlashtirish harakatlarida ayblanib, AQSH sanksiyalari ro‘yxatiga kiritilgan.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

91

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing