Qizlar yotoqxonasiga kamera qo‘yilishi ortidan prorektor ishdan bo‘shatildi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Qo‘qon pedagogika instituti qizlar yotoqxonasiga kuzatuv kamerasi qo‘yilishi ortidan institut prorektori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, vazirlik inson shaxsiy hayotiga o‘zboshimchalik bilan aralashish, shaxsiy ma’lumotlarni ochiqlashga urinish kabi xatti-harakatlarni qattiq qoralaydi, ushbu holatni talaba-qizlarning sha’ni va qadr-qimmatini kamsitish deb baholaydi. Hech kim inson erki va shaxsiy hayotiga daxl qilishga haqi yo‘q, deb hisoblaydi. 

Shu bois, bevosita jarayonda ishtirok etib, xizmat vazifasini suiiste’mol qilgan 4 nafar mas’ul xodim, jumladan, voqeada bevosita ishtirok etgan prorektor egallab turgan lavozimidan ozod etilgan va bir nafar mutaxassisga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan. 

“Shu o‘rinda, voqea ishtirokchisi bo‘lgan qizlarning tazyiqsiz ta’lim olishlari kafolatlanadi”, deyiladi vazirlik bayonotida. 

Ma’lum qilinishicha, huquq-tartibot organlari tomonidan tekshiruv ishlari davom ettirilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Qo'qon pedogogika instituti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar