Qiziriq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Jamiyat

image

Kecha, 27 yanvar kuni Surxondaryo viloyatining Qiziriq tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi o‘tkazilib, unda tumanga yangi rahbar tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi. 

Unda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, Qiziriq tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar, erishilgan natijalar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarga to‘xtaldi.

Viloyat rahbari shu vaqtga qadar tuman hokimi vazifasida ishlab kelgan Anvar Oripov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etilganini bildirib, Sherxon Yo‘lliyevich Allamurodov nomzodini Qiziriq tumani hokimi etib tayinlash taklifini bildirdi.

Sherxon Allamurodov 1986 yilda Jarqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 2011 yilda Ichki ishlar vazirligi akademiyasini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – huquqshunos. Podpolkovnik harbiy unvoniga ega.

Faoliyati davomida ichki ishlar organlarida turli vazifalarda, xususan, viloyat Ichki ishlar boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i, Jarqo‘rg‘on tumani IIB boshlig‘i lavozimlarida mehnat qilgan. Allamurodov tayinlovga qadar 2023 yildan buyon Qiziriq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning aprel oyida Anvar Homitovich Oripov Surxondaryo viloyatidagi Qiziriq tumaniga hokim etib tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Surxondaryo hokim Qiziriq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing