Qizini ayiq qafasiga uloqtirgan ona ruhiy kasalligi aytildi

Jamiyat

image

Toshkent hayvonot bog‘ida ona 3 yoshli qizini ayiqlar voleriga tashlab yuborganligi bilan bog‘liq jinoyat ishi yuzasidan tergov olib borilmoqda. Bu haqda Bosh prokurorning Matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, ish bo‘yicha ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan ayol 2021 yilning iyul oyidan buyon ruhiy asab kasalliklari dispanserida ro‘yxatda turgan.

Ayblanuvchining jinoyat sodir qilgan paytdagi ruhiy holatini aniqlash yuzasidan tergov organi tomonidan sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 28 yanvar kuni Toshkent hayvonot bog‘ida yuz bergan mudhish holat muhokamalarga sabab bo‘ldi. Soat taxminan 12:00 larda yosh ayol noma’lum sabablarga ko‘ra odamlarning ko‘z oldida o‘z qizini ayiq qafasiga tashlab yuborgan.

Ayiq qizaloqqa zarar yetkazmagan. Hayvonot bog‘i xodimlari ayiqni ichki xonaga olib kirishga muvaffaq bo‘lishgan.

2018 yilda tug‘ilgan qizaloqqa dastlab hayvonot bog‘i hamshirasi birinchi yordam ko‘rsatadi. Shundan so‘ng tez yordam mashinasida soat 13:30 larda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan.

Hayvonot bog‘i ma’muriyatiga ko‘ra, 3 yoshli qizaloq intensiv terapiya xonasiga ko‘chirilgan.

Hozirda holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi 2-qismi “v” bandi (Qasddan odam o‘ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

246

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing