Qiziltepaning 25 yillik hokimi yangi ishda faoliyat boshladi

Jamiyat

image

Navoiy viloyati Qiziltepa tumaniga 25 yil hokimlik qilgan Shabon Nabiyev ishdan olinib, o‘rniga tadbirkor Ulug‘bek Fayziyev tayinlangani haqida xabar bergandik

Bugun, 15 noyabr kuni sobiq hokim Shabon Nabiyev Navoiy viloyati Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida ish boshladi. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, tayinlov Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligining tegishli buyrug‘iga asosan amalga oshirilgan. Shahar va tuman hokimlari ishtirokida o‘tgan yig‘ilishda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Normat Tursunov so‘zga chiqib, Shabon Nabiyevni tizim xodimlariga tanishtirgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 13 noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Navoiy viloyati hokimi v.b. Normat Tursunov 1998 yildan beri tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shabon Nabiyevni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilganini hamda uning o‘rniga Ulug‘bek Fayziyev tayinlanganini ma’lum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Navoiy tayinlov Qiziltepa

Baholaganlar

561

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing