Qiziltepaning 25 yillik hokimi ishdan olinib, o‘rniga tadbirkor keldi

Jamiyat

image

Bugun, 13 noyabr kuni xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Navoiy viloyati hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.

Sessiyada Navoiy viloyati hokimi v.b. Normat Tursunov, sektor rahbarlari, viloyat hokimi o‘rinbosarlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tashkilot va korxonalar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

Tashkiliy masala ko‘rib chiqilgan mazkur sessiya ishida Normat Tursunov so‘zga chiqib, 1998 yildan beri tuman hokimi lavozimida ishlab kelayotgan Shabon Nabiyevni boshqa ishga o‘tgani munosabati bilan vazifasidan ozod etilganini ma’lum qildi. Shuningdek, tuman hokimi lavozimiga Ulug‘bek Fayziyevni tayinlash to‘g‘risida qabul qilingan viloyat hokimining qarorini o‘qib eshittirdi.

Ulug‘bek Fayziyev

Ushbu qaror xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashi deputatlari tomonidan ma’qullandi.

Ma’lumot o‘rnida U.Fayziyev bugungi kunga qadar Navoiy shahridagi “Zarafshan Golden Group” MCHJ ta’sischisi sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 8 noyabr kuni Navoiy viloyati hokimi Qobul Tursunov egallab turgan lavozimidan ozod etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

375

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing