Qizil kitobga kiritilgan tasqara qushi ovlangani aytilmoqda

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan tasqara qushi ovlangani haqida xabarlar tarqaldi. 

Qayd etilishicha, hozirda ushbu holat bo‘yicha Bosh prokuratura tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda.

Bosh prokuraturaning ma’lum qilishicha, tekshiruv natijasi bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Ma’lumot uchun, tasqara qushi qarchig‘aylar oilasiga mansub bo‘lib, O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan. Bunday yirtqich qushlarning ko‘rinishi yirik bo‘lib, ularning umumiy uzunligi 1 m ga yetadi, qanotlari 85 sm, vazni esa 7-12 kg ni tashkil etadi. Terisi, ya’ni kamyob momiq patlari moviy tusda bo‘lib o‘zgacha jilo berib turadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

523

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing