Qiziqarli futbol: Alisson ikki marta maydondan chetlatildi

Sport

image

Bugun, 28 noyabr kuni Braziliya terma jamoasi darvozaboni Alisson Bekker zamonaviy futbol tarixida ikki marta qizil kartochka olgan va har ikki holatda ham VAR’dan so‘ng ushbu qaror bekor qilingan birinchi futbolchiga aylandi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Gap shundaki, CONMEBOL mintaqasi uchun JCH-2022 saralash bosqichi 15-tur uchrashuvida Braziliya terma jamoasi Ekvador bilan durang o‘ynadi. Uchrashuv Kitodagi (Ekvador) “La Kasablanka” stadionida bo‘lib o‘tdi va 1:1 hisobida yakunlandi.

31-daqiqada hakam braziliyalik darvozabon Alissonga qizil kartochka ko‘rsatdi, biroq videotakrorni ko‘rib, o‘z fikridan qaytdi. Ikkinchi marta esa qo‘shimcha vaqtda Bekker ikkinchi bor o‘yindan chetlatildi, biroq hakam yana VAR’ni ko‘rib chiqib, qarorni bekor qildi. Bundan tashqari har ikki jamoada bittadan futbolchi o‘yindan chetlatildi.

Eslatib o‘tamiz, “pentakampeonlar” 36 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ekvador esa o‘z navbatida 24 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi. 32 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turgan Argentina va peshqadam Braziliya terma jamoasi jahon chempionati masalasini hal qilib bo‘lgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Braziliya Ekvador Alisson

Baholaganlar

67

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing