Qizamiqqa qarshi shoshilinch emlash zarur – JSST 

Salomatlik

image

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi ushbu qit’adagi davlatlarni zudlik bilan qizamiqqa qarshi emlash harakatlarini boshlashga chaqirdi. Bu haqda O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi. 

Bildirilishicha, mintaqada o‘tgan yil davomida ushbu kasallikni yuqtirish holatlari 2022 yilga nisbatan 30 barobar ko‘p qayd etilgan. 2023 yilning yanvar-oktyabr oylarida bu kasallikka chalingan bemorlar soni 30 mingdan oshdi. 2022 yilda bu ko‘rsatkich atigi 941 nafarni tashkil etgandi. Ekspertlar buni pandemiya davrida qizamiqqa qarshi vaksinatsiya qamrovi keskin pasaygani bilan izohlamoqda. 

JSST prognoziga ko‘ra, so‘nggi oylarda qizamiq bilan kasallanish holatlari yana ko‘paygan va shoshilinch choralar ko‘rilmasa, bu tendensiya davom etishi ehtimoli yuqori. Xususan, Buyuk Britaniya xastalik ko‘payishi ortidan mamlakatda milliy favqulodda holat rejimini joriy etishga majbur bo‘ldi.

Ma’lumot uchun, dunyo bo‘yicha 2022 yilda emlash qamrovi 2021 yilga nisbatan biroz oshgan bo‘lsa-da, 33 million bola emlanmagan. Xususan, 22 million nafarga yaqin o‘g‘il-qiz bunday vaksinalarning birinchi dozasini, 11 million nafari esa ikkinchi dozasini qabul qilmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq UNICEF 2023 yilda Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish 3 ming foizga oshganini malum qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

JSST emlash Qizamiq

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing