Qishning yana bir kuni bulutli havo bilan o‘tadi
Jamiyat
−
19 yanvar
5536Ertaga, 20 yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab havo harorati kunduzi 15 darajagacha iliq, kechasi esa uch darajagacha sovuq bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati agentligi xabar berdi.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kechasi va ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1-3 daraja sovuq, kunduzi esa 4-6 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi hamda Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi ehtimoli bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 4-9 daraja sovuq, kunduzi 4-9 daraja iliq, shimolda va cho‘l hududlarda kechasi 8-13 daraja sovuq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Sirdaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja sovuq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuqdan 3 daraja iliqqacha, kunduzi esa 10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan hamda Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, kechasi va ertalab biroz yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3-8 daraja sovuq, kunduzi minus 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqacha bo‘ladi.