Qishloqlarda bankomat yo‘q, pensionerlarga pensiyasini “kartochka”da berdik – Prezident

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga murojaatnomasi davom etmoqda

Davlat rahbari O‘zbekistonda bank sohasi o‘ta og‘ir ahvolda ekanini, aholida banklarga nisbatan ishonch yo‘qligini tanqid qildi. U o‘z nutqida banklar yangi loyihalar ustida ishlash o‘rniga, 25 yil naqd pul, kartochka tizimiga o‘tish bilan ishlganini, shu sabab xorijiy mamlakatlardan 15 yil ortda qolganini aytdi. 

“Qishloqlarda bankomat yo‘q, biz esa pensionerlarga pensiyasini "kartochka"da berdik”, deydi davlat rahbari. 

Davlat rahbari mamlakatning iqtidordagi banki bo‘lgan “Xalq bank”ida katta o‘zgarishlar bo‘layotganini ta’kidladi.  

Prezident o‘tgan yili yo‘llagan Murojaatnomasida bugungi kunda bank tizimidagi eng asosiy muammo – ular kapitalining asosiy qismi, ya’ni, 83 foizi davlatga tegishli ekani haqida gapirgan edi. Davlat rahbari bu o‘z navbatida, bank sektorida sog‘lom raqobatga to‘siq bo‘lib, xizmat ko‘rsatish sifatiga salbiy ta’sir qilayotganini tushuntirgandi.

Hukumat va Markaziy bank xalqaro moliya institutlari ko‘magida bank-moliya tizimini rivojlantirish bo‘yicha uzoq muddatli strategiya ishlab chiqishi lozimligi bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

70

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing