Qishloq xo‘jaligida 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushiriladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston qishloq xo‘jaligida 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushiriladi. Bu haqda bugun, 23 yanvar kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida paxta yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ma’lum qilindi.

Qayd etilishicha, bu yil 400 million dollarlik 600 ta loyiha ishga tushirilib, qo‘shimcha 185 ming tonna saqlash va qayta ishlash quvvatlari hamda 33 ta tumanda agroxizmat markazlari tashkil etiladi.

Shuningdek, mazkur yig‘ilishda oziq-ovqat sanoatida xorijiy davlatlar tajribasi asosida yangi institut tashkil etish taklifi ma’qullangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mazkur yig‘ilishda paxta dalalarini nasos bilan sug‘orish uchun ketgan elektr energiyasi xarajatlarning 50 foizi qoplab berilishi ma’lum qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing