Qishloq xo‘jaligi vazirining birdan ikki o‘rinbosari ishdan olindi

Jamiyat

−

image

Bugun, 13 yanvar kuni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirining birdan ikki nafar o‘rinbosari ishdan olindi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligi vazirining oziq-ovqat sanoatini rivojlantirish masalalari buyicha o‘rinbosari Saidkamol Saidkarimovich Xo‘jayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod qilingan.

Shuningdek, Botirjon Abdushukurovich Sulaymonov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari – Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori lavozimidan ozod etildi.

Vazirlik Saidkamol Xo‘jayev qaysi ishga o‘tkazilgani haqida ma’lumot bermagan. U 2018 yildan beri vazir o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

233

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing