Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Jamiyat
−
26 fevral 2021 5968 1 daqiqa
Kahramon Anvarjonovich Yo‘ldoshev O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining Agrar sohani jadal raqamlashtirish, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohalariga zamonaviy axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi.
Kahramon Yo‘ldoshev 1972 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2007 yilda Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tugallagan.
2018 yildan buyon Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan edi.
Live
Barchasi