Qishloq xo‘jaligi vaziriga yangi maslahatchi tayinlandi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida Alisher Nematullayevich Shukurov O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirining iqtisod, innovatsion rivojlanish va investitsiyalar masalalari bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Alisher Shukurov Toshkent Davlat yuridik universitetining huquqshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr darajasini va Germaniyaning Grayfsvald universitetining atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi fanlar magistri darajasini olgan.

Alisher Shukurov bungacha O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligining O‘rmon bosh boshqaruvida turli lavozimlarida ishlab, xususan xalqaro loyiha va dasturlarni nazorat qilish va muvofiqlashtirish masalalari bilan shug‘ullangan.


Maqola muallifi

Teglar

tayinlov Alisher Shukurov

Baholaganlar

122

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing