Qishloq xo‘jaligi vaziriga rektorlik vazifasi yuklatildi
Jamiyat
−
11 Sentabr 2021
7093Vazirlar Mahkamasining qarori bilan qishloq xo‘jaligi vaziriga universitet rektori vazifasini vaqtincha bajarish yuklandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Tegishli qaror asosida Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga Toshkent davlat agrar universitetining rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi lavozimi ham yuklatilgan.
Bungacha Toshkent davlat agrar universitetiga Botirjon Sulaymonov rektorlik qilib kelayotgandi.
LiveBarchasi