Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari ishdan olindi
Jamiyat
−
05 may 2022 15003 1 daqiqa
Anvar Damirovich Asamov O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
U boshqa ishga o‘tkazilgani aytilmoqda. Ammo uning yangi lavozimi haqida aniq ma’lumot yo‘q.
Anvar Asamov o‘tgan yilning 10 aprel kuni Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari etib tayinlangandi.
Asamov faoliyati davomida Davlat bojxona qo‘mitasining bojxona statistikasi va taxlil markazi boshlig‘ining o‘rinbosari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Ijro etuvchi apparati bosh konsultanti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat Bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shuningdek, u O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Live
BarchasiPutin To‘qayev bilan ham telefonlashdi
21 sentabr
Qashqadaryoda 2300 yillik ossuariy topildi
21 sentabr