Qishloq xo‘jaligi vaziri: Davlat hosilni bozor narxida sotib oladi

Jamiyat

image

Kecha, 14 sentyabr kuni Qishloq xo‘jaligi vazirligi binosida O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasi mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev qishloq xo‘jaligidagi islohotlarga oid zo‘z fikr mulohazalirini bayon etdi:

“Umuman mana shu davlat xarid tizimini tubdan takomillashtirish maqsadida biz bug‘doyni yetishtirishda hozir bug‘doy klasterlariga o‘tkazyapmiz. Bugungi kunda 7 million tonnadan ortiq bug‘doy yetishtirsak, shundan qariyb 3 million tonnaga yaqinini davlat moliyalashtirishdan tortib, yetishtirishgacha nazoratga oladi. Qayta ishlab chiqarishiniyam, sotishniyam nazorat qiladi”, dedi O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xodjayev.

Vazirning ta’kidlashicha, bug‘doy yetishtirishda klaster usuli yoki fermerlar tomonidan alohida yetishtirilishini inobatga olinyapti. Lekin bunda davlatning ishtiroki tubdan o‘zgartirilyapti. “Birinchidan, ishlab chiqaruvchilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirishni, bunda ularga erkinlik berib, eng asosiysi mana shu ishlab chiqaruvchilar o‘zi manfaatdor bo‘lishi kerak”, dedi Jamshid Xodjayev. 

“Endi ikkinchisi intervensiya mexanizmi ko‘p davlatlarda masalan AQSHda yoki Rossiyada qanday ishlaydi bu tizim? Bu tizim qaysidir miqdorda misol uchun bir million tonna bir million to‘rt yuzdan sotib olamiz degan e’lon qiladi va shu e’longa qarab ishlab chiqaruvchilar harakat qiladi. Bu orqali davlat favqulotda holatlar hamda intervensiya uchun zaxira qiladi.

Bunda davlat narxi bilan emas, bozor narxida sotib oladi. Bu mexanizmda asta-sekin bozor tamoyillariga o‘tishiniyam yozib o‘tganmiz strategiyada”, dedi Qishloq xo‘jaligi vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

fermer inobatga

Baholaganlar

35

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing