Qishki Olimpiya o‘yinlari yakunlandi (fotoreportaj)
Sport
−
21 fevral 2022
5649Kecha, 20 fevral kuni Xitoy poytaxti Pekinda qishki Olimpiya o‘yinlarining yopilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Olimpiya o‘yinlarida 91 davlatdan sportchilar ishtirok etdi, 7 ta sport turi (15 ta yo‘nalish) bo‘yicha 109 ta sovrinlar to‘plami o‘ynaldi. Medallar hisobi bo‘yicha g‘olib 16 oltin, 8 kumush, 13 bronza medalini qo‘lga kiritgan Norvegiya terma jamoasi bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Germaniya jamoasi (12-10-5), uchinchi o‘rinni Xitoy jamoasi (9-4-2) egalladi.
Mukofotlarning umumiy soni bo‘yicha birinchi o‘rinni norvegiyaliklar (37), ikkinchi o‘rinni ruslar (32), uchinchi o‘rinni nemislar (27) egalladi.
Pekin yozgi va qishki Olimpiya o‘yinlariga mezbonlik qilgan birinchi shahar bo‘ldi. 2008 yilda yozgi Olimpiadaning ochilish va yopilish marosimlari ham Pekindagi Milliy stadionda bo‘lib o‘tgan.
Navbatdagi qishki Olimpiya o‘yinlari 2026 yilda Italiyaning Milan va Kortina-d’Ampetsso shaharlarida bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi