“Qirolning qaytishi”: Pakyao ertaga chempionlik jangida ishtirok etadi

Sport

image

Ertaga, 22 avgust kuni AQSHning Las-Vegas shahridagi “T-Mobile” arenada boks bo‘yicha sakkiz vazn toifasida sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyao va kubalik Yordenis Ugas WVA Super chempionlik kamari uchun ringga ko‘tariladi.
 
Jang oldidan an’anaviy vazn o‘lchash va face-to-face marosimi o‘tkazildi. Pakyao 66,2 kg, Ugas 66,7 kg tosh bosdi. Bellashuv yarim o‘rta vazn toifasida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab Pakyaoning raqibi WVC va IBF yo‘nalishlari bo‘yicha jahon chempioni Errol Spens bo‘lishi kerak edi, ammo jang bekor qilindi. Sababi, Spensning chap ko‘z to‘r pardasi yorilishi natijasida u shoshilinch operatsiya qilindi. Ushbu vaznda WBO kamari Terens Kroufordga tegishli.

Ertangi jang 42 yoshli Pakyao uchun 2019 yilning iyul oyidan buyon birinchisi bo‘ladi. U o‘shanda Keyt Tyurmanni ochkolar bo‘yicha mag‘lub etdi va WVA kamariga ega bo‘lgan edi. Yordenis Ugas esa 2020 yilning 6 sentyabr kuni amerikalik Abel Ramos ustidan g‘alabaga erishib WBA regular kamarini qo‘lga kiritgan. 

Ma’lumot uchun, Filippin senatori Menni Pakyao professional boksda 71 ta jang o‘tkazib, 62 marta g‘alaba qozongan. 7 jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Yordenis Ugas esa o‘zi ishtirok etgan 30 jangning 26 tasida g‘alaba qozonib, 4 marta mag‘lubiyatga uchragan.


Maqola muallifi

Teglar

WBA WBC Menni Pak'yao IBF WBO Prof boks Yordenis Ugas Terens Krouford Errol' Spens

Baholaganlar

87

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing