Qirolicha Yelizaveta II shifokorlar nazoratiga olindi
Olam
−
08 Sentabr 2022
8647Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qirolichasi Yelizaveta II shifokorlar uning sog‘lig‘idan xavotir bildirganidan so‘ng nazoratga olindi. Bu haqda bugun, 8 sentyabr kuni “Sky News” telekanali Bukingem saroyi hisobotiga tayanib, xabar berdi.
“Bugun ertalab qirolichaning sog‘lig‘i ko‘zdan kechirilgach, shifokorlar xavotir bildirgan va Zoti Oliyalariga shifokorlar nazorati ostida qolish tavsiya qilindi”, deya xabardan parchani keltirgan telekanal.
Qayd etilishicha, qirolicha Shotlandiyadagi Balmoral qasrida qoladi, u o‘sha yerda o‘zini qulay his qilyapti.
Matbuotdagi xabarlarga ko‘ra, valiahd shahzoda Charlz va shahzoda Uilyam qirolichaning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi xabarlar tufayli Shotlandiyaga jo‘nab ketgan.
Eslatib o‘tamiz, qirolicha so‘nggi marta joriy yilning 6 sentyabr kuni ommaga ko‘rinish bergandi. O‘sha kuni Britaniyaning yangi Bosh vaziri Liz Trass lavozimga kirishishidan oldin qirolicha huzuriga borgan.
LiveBarchasi