Qirolicha xotirasiga BMT, Yevropa Ittifoqi va NATO bayroqlari yarmiga tushirildi

Olam

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jenevadagi vakolatxonasi, Yevropa Ittifoqi va NATO tuzilmalarida Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II vafoti munosabati bilan bayroqlar yarmiga tushirildi. 

Xalqaro tashkilotning Jenevadagi vakolatxonasi hududiga kiraverishda BMT bayrog‘i bugun, 9 sentyabr kuni ertalab yarimga tushirilgan. 

Bryusseldagi Yevropa Komissiyasi, Yevropa Kengashi va Yevropa Parlamenti shtab-kvartirasidagi bayroqlar ham yarmiga tushirilgan. 

Belgiya poytaxtidagi NATO qarorgohi oldida Britaniya Qirolichasi vafoti munosabati bilan motamda 30 ittifoqchi davlat bayroqlari ham yarimga tushirilgan. 

Mamlakatni 70 yil boshqargan Buyuk Britaniya Qirolichasi Yelizaveta II kecha, 8 sentyabr kuni 96 yoshida vafot etdi. 

Yangi Qirol uning to‘ng‘ich o‘g‘li shahzoda Charlz edi,  u endi Charlz III deb nomlanadi. 

Yelizaveta III davrida 1874 yilda tug‘ilgan Uinston Cherchilldan boshlab, hozirgi hukumat rahbari Liz Trassgacha 15 ta Bosh vazir bo‘lgan. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

52

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing