Charlz III Britaniya parlamentiga ilk murojaatida qonunchilarga va’da berdi

Olam

image

8 sentyabr kuni vafot etgan Qirolicha Yelizaveta II ning o‘g‘li Buyuk Britaniya Qiroli Charlz III Britaniya parlamenti a’zolariga konstitutsiyaviy monarxiya tamoyillarini hurmat qilgan holda onasidan o‘rnak olishga va’da berdi. Bugun, 12 sentyabr kuni ertalab Qirol Vestminster saroyining markaziy zalida parlamentning ikkala palatasi vakillari bilan uchrashdi.

“Marhum Qirolicha juda yoshligida o‘zini mamlakat va uning xalqiga xizmat qilishga, shuningdek, davlatimiz poydevori bo‘lgan konstitutsiyaviy boshqaruvning bebaho tamoyillarini saqlashga bag‘ishladi. U bergan qasamini muntazam va fidokorona bajardi. U fidokorona burchning namunasi edi va Xudoning yordami bilan sizning maslahatingizga amal qilib, men undan o‘rnak olishga qat’iy qaror qildim”, degan Qirol marosimda.

Britaniyalik siyosiy sharhlovchilarning fikricha, Charlz III ning so‘zlari u davlat siyosatiga hech qanday tarzda aralashish niyatida emasligini ko‘rsatadi. Noyabr oyida 74 yoshga to‘ladigan qirol taxt vorisi sifatida tabiatni asrash va sayyoramizdagi iqlim o‘zgarishining oldini olish uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishga hissiy chaqiriqlar qildi. Biroq, “Times” nashrining yozishicha, bu uning yangi lavozimida hukumat va parlament tomonidan ekologiya yoki boshqa masalalar bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi, degani emas.

Vestminster saroyida so‘zga chiqqan Charlz III, shuningdek, Qirolichaning vafoti munosabati bilan o‘ziga bildirilgan hamdardliklar uchun deputatlar va perlarga minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, Qirolicha Yelizaveta II 8 sentyabr kuni 96 yoshida Shotlandiyadagi Balmoral qasrida vafot etdi. Taxtni uning o‘g‘li Charlz egalladi. 


Maqola muallifi

Teglar

Charl'z III

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing