Qirg‘izistonning sobiq prezidentlariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani aytildi
Olam
−
01 fevral 2024 9582 1 daqiqa
Qirg‘iziston Bosh prokurori Kurmankul Zulushev mamlakatning 3 nafar sobiq prezidentiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma’lum qildi. Bu haqda “AKIpress” nashri xabar berdi.
Unga ko‘ra, Qirg‘iz Respublikasining 2-prezidenti Qurmanbek Bakiyevga nisbatan bir nechta jinoiy ish ochilgani to‘g‘risidagi sud qarorlari mavjud.
“Qumtor ishi Asqar Akayevga nisbatan qo‘zg‘atilgan. Qumtor oltin koni davlatga qaytarilgach, sobiq prezidentning aybi isbotlanmagani uchun ish to‘xtatilgan”, degan Zulushev.
Bosh prokuror mamlakatning 4-prezidenti Almazbek Atambayevga nisbatan sudlar tomonidan 9 ta jinoiy ish ko‘rilayotganini qo‘shimcha qilgan.
“U kasalligi tufayli boshqa davlatda. Atambayev qaytib kelgach, sud ishi davom ettiriladi”, degan u.
Eslatib o‘tamiz, 2023 yilning 18 fevral kuni Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida mamlakatning barcha sobiq prezidentlari bilan uchrashgan edi.
Live
BarchasiBloger Aziz Hakimov 4 yilga qamaldi
11 avgust
Putin hech narsadan qo‘rqmasligini aytdi
11 avgust