Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti qamoqdan ozod etildi (video)

Olam

image
0:00
0:00
download

Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev hibsdan ozod etildi. Bu haqda respublika Sotsial-demokratlar partiyasi raisi Temirlan Sultonbekovga tayanib, “Interfax” ma’lum qildi.

“Qirg‘izistonning sobiq Prezidenti Almazbek Atamboyev ozod qilindi”, deb yozgan Sultonbekov ijtimoiy tarmoqlarda.

Bundan tashqari, Atamboyev tarafdorlari uning Qirg‘izistondan tashqariga davolanish uchun ketish ruxsatnomasini uzaytirishga erishgan.

Bugun, 14 fevral kuni sud tomonidan unga davolanish uchun xorijga ketishiga ruxsat berilgan. 

Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, Atamboyev ikkita operatsiyani o‘tkazishi kerak, shundan so‘ng u davolanish va reabilitatsiya kursidan o‘tishi lozim.

Ma’lumot uchun, 2020 yilda Atamboyev 2013 yilda kriminal boshliq Aziz Batukayevni noqonuniy ravishda ozod qilingani bilan bog‘liq ish yuzasidan 11 yilu ikki oyga ozodlikdan mahrum qilingandi.

Bundan tashqari, Atamboyev 2019 yilning 7-8 avgust kunlari Qo‘y-Tosh qishlog‘ida sodir bo‘lgan tartibsizliklar, korrupsiya va “pul yuvish”, Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bilan bog‘liq ishlar bilan ayblangan.

2022 yil 16 iyun kuni Atamboyev Bishkekdagi Kalis-Ordo turar-joy massivida maktab qurilishi va Turkiya fuqarolariga noqonuniy pasport berish bo‘yicha jinoiy ish bo‘yicha oqlangan edi.

2022 yil 28 iyun kuni esa Bishkekning Pervomayskiy tuman sudi Atamboyevni 2020 yil oktyabr oyida ommaviy tartibsizliklar uyushtirganlik ishida jinoyat tarkibi yo‘qligi sababli oqlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made