Qirg‘izistonning sobiq Bosh vaziri hibsga olindi
Olam
−
26 yanvar 2021
11381Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri Muhammadmedkali Abilgaziyev noqonuniy boylik orttirishda gumon qilinib hibsga olingan. Bu haqda “24.kg” axborot agentligi xabar berdi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, avvalroq u so‘roqqa chaqirilgan, shundan so‘ng unga noqonuniy boylik orttirishda gumon qilingani to‘g‘risida xabarnoma taqdim etilgan. Bundan tashqari, xabarda ko‘rsatilishicha, Abilgaziyev “Qumtor” oltin koni bilan bog‘liq ishga jalb qilingan.
Abilgaziyev Qirg‘iziston Hukumatini 2018 yildan 2020 yil iyunigacha boshqargan. O‘tgan yilning 15 iyunida u o‘z xohishi bilan iste’foga chiqdi.
2020 yil oktyabr oyi o‘rtalarida avvalgi hokimiyat parlament saylovlaridan keyingi noroziliklar natijasida iste’foga chiqqanidan so‘ng, Abilgaziyevning Respublikadan chiqib ketishi taqiqlandi.
LiveBarchasi