Qirg‘izistonlik yigitning o‘ligi O‘zbekistondan topildi

Olam

image

O‘zbekiston hududidan 17 yashar qirg‘izistonlik o‘smirning jonsiz jasadi topildi. Bu haqda Qirg‘iziston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda. 

Yigit 14 kun avval Jalolobod viloyati Oksiy tumanidagi Norin daryosiga tushib ketgan. 10 kun davomida FVV qutqaruvchilari qidiruv ishlarini olib borishdi, ammo natija bermadi.

Kecha, 28 iyun kuni o‘smirning jasadi O‘zbekiston hududida mahalliy aholi tomonidan topilgan. Qayd etilishicha, daryo oqimi uni shu hududga oqizib kelgan. 

Uning shaxsi tasdiqlanib, shu kunning o‘zida jasad qarindoshlarga topshirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston

Baholaganlar

671

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing