Qirg‘izistonliklarning Turkiyaga vizasiz muddati oshirilishi mumkin

Olam

image

Qirg‘iziston fuqarolari uchun Turkiyaga vizasiz rejim muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilishi mumkin. Bu haqda joriy yilning 20 iyul kuni Qirg‘iziston ichki ishlar vaziri Ulan Niyozbekov hamkasbi Ali Yerlikaya bilan Anqarada bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilgan.

Keltirilishicha, uchrashuvda tomonlar xavfsizlikni ta’minlash, tajriba va axborot almashish, shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash sohasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilgan.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligi rahbari Turkiyaga tashrif bilan kelgan qirg‘izistonliklarning Turkiyada uzoq muddatli qolishi bilan birga xavfsizlikni ta’minlash muhimligini ta’kidlagan.

Qirg‘iziston tomoni Turkiyaning migratsiya siyosatidagi o‘zgarishlarni inobatga olib, mamlakat hududida bo‘lish qoidalarini buzgan Qirg‘iziston Respublikasi fuqarolariga ularning to‘siqsiz (jarima va deportatsiyasiz) chiqib ketishi va keyinchalik qonuniylashtirilishi uchun migratsiya amnistiyasini joriy etishni taklif qilgan.

Shuningdek, Turkiya Ichki ishlar vazirligi Qirg‘iziston fuqarolari uchun vizasiz rejimni 90 kundan 180 kungacha oshirish va o‘zaro sayohatlarni ichki pasport (ID-karta) orqali amalga oshirishni taklif qilgan.

Shu bilan birga, Vazir Turkiyaga davolanish uchun kelayotgan, yashash guvohnomasi uchun murojaat qilgan qirg‘izistonliklar muammosini ham ko‘targan.

Bundan tashqari, Ali Yerlikaya Turkiya hukumati tomonidan mamlakatdagi migratsiya holatini yaxshilash va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida ham batafsil ma’lumot bergan. Qirg‘iziston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining taklif va so‘rovlarini o‘rganishga va’da bergan.


Maqola muallifi

Teglar

viza Turkiya Qirg'iziston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing