Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonga ham sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 25 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 06:20 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi va tebranish O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 246 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 4 ball. Magnitudasi 3. Chuqurligi: 5 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalari 40,17 shimoliy kenglik, 71,75 sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Quvasoy shahrida 2 ball, 23 km;
Farg‘ona tumanida 2-3 ball, 14 km;
Farg‘ona shahrida 2 ball, 23 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ham Qirg‘izistonda 3 balli zilzila sodir bo‘lgandi.

 

 


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'iziston zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing