Qirg‘izistondagi zilzila O‘zbekistonda ham sezildi

Jamiyat

image

Bugun, 22 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan 07:04 da Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘ldi va tebranish O‘zbekiston hududida ham sezildi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, zilzila epitsentri Toshkentdan 265 km janubi-sharqda. Epitsentrda sezilish kuchi 3 ball. Magnitudasi 3,3. Chuqurligi: 10 km. Epitsentr: Botken, Qirg‘iziston Respublikasi. Koordinatalari 40,09 shimoliy kenglik, 71,95 sharqiy uzunlik.

O‘zbekiston hududida sezilish kuchi:

Quvasoy shahrida 2 ball, 23 km;

Farg‘ona tumanida 2 ball, 31 km;

Farg‘ona shahrida 2 ball, 68 km.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Navoiy viloyatida 4 balli zilzila sodir bo‘lgandi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston Qirg'iziston zilzila epitsentr

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing