Qirg‘izistondagi shifoxonaning bolalar bo‘limida koronavirus tarqaldi

Olam

image

Qirg‘iziston sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari Nurbolot Usenbayev bugun, 21 may kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Bishkekdagi Milliy onkologiya va gematologiya markazining bolalar bo‘limida koronavirus tarqalganini ma’lum qildi.

"Bishkekdagi Milliy onkologiya va gematologiya markazida bolalar bo‘limida virus aniqlandi. 120 kishi tekshirildi. Ulardan 14 nafarida koronavirus aniqlandi” dedi Usenbayev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, kasallik davolanayotgan bir nafar shifokor, ikki hamshira, uch ona va sakkiz nafar bolada aniqlangan.

"Infeksiya manbai oldindan o‘rnatildi va epidemiyaga qarshi kompleks chora-tadbirlar tashkil etildi. Kuzatuvchi tayinlandi va maxsus ixtisoslashtirilgan davolanishdan o‘tgan bolalar uchun bo‘lim tayyorlandi. Infeksiyalangan shifokorlar davolanish uchun yuqumli kasalliklar shifoxonasiga yuboriladi", dedi vazir o‘rinbosari.

Bugungi kunga qadar Respublikada 1313 kishi COVID-19 kasalligiga chalingan. Ulardan 270 nafari tibbiyot xodimi. Infeksiyadan zararlangan 14 kishi vafot etdi. 919 bemor sog‘ayib, shifoxonalardan chiqarildi. Respublika bo‘yicha 1902 kishi kuzatuvda turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Koronavirus Qirg'izistonda

Baholaganlar

136

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing