Qirg‘izistondagi saylovlarda 20 ta qonunbuzilishi aniqlandi

Olam

image

Avvalroq Qirg‘iziston Respublikasida bugun, 10 yanvar kuni Qirg‘izistonda muddatidan oldingi prezidentlik saylovlari va boshqaruv shakli bo‘yicha referendum bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar bergan edik. Mamlakat Markaziy saylov komissiyasining tezkor choralarni muvofiqlashtirish guruhiga qonun buzilishi to‘g‘risidagi 20 ta xabar kelib tushgan. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi a’zosi Tinchtiqbek Shaynazarov brifingda ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, jihozlarning ishlamay qolgani to‘g‘risida 4 ta xabar kelib tushgan, uchastka saylov komissiyalariga 14 ta shikoyat kelib tushgan. Shikoyatlarning bittasi saylovoldi tashviqoti shartlarini buzilgan bo‘lishi mumkinligi, yana biri hududiy yoki uchastka komissiyalarining talablari hamda ogohlantirishlariga rioya qilmagani to‘g‘risida.

Tinchtiqbek Shainazarov ma’muriy resurslardan foydalanish va pora olish holatlari ro‘yxatga olinmaganini qo‘shimcha qildi.

Shuningdek, saylovchilarning ta’kidlashicha, Ovoz berish jarayoni bo‘lib o‘tayotgan saylov uchastkalaridagi qonunbuzarliklarni videoga olish taqiqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistondagi saylovlar

Baholaganlar

155

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing