Qirg‘izistondagi konda yirik ko‘chki sodir bo‘ldi

Olam

Qirg‘izistonning Norin viloyatidagi Qora-Keche ko‘mir konida ko‘chki yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘chki hajmi 900 ming kub metrni tashkil etadi. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘qligi aytilmoqda. Bu haqda mamlakat Transport va yo‘l vazirligi xabar berdi.

Ko‘chki Diykan-Qora-Keche avtoyo‘lining 37-kilometrida yuz bergan. Tog‘ jinslari Qora-Keche daryosi o‘zanini to‘sib qo‘ygan, elektr uzatish liniyalarini ag‘dargan va ushbu uchastkadagi yo‘l ham to‘silib qolgan. Jumgal tumani fuqaro muhofazasi komissiyasi qarori bilan yo‘lning ushbu qismi yopilgan.

“Hozirda tuproq massasi Qora-Keche daryosiga tushmoqda. Ko‘chki oqibatlarini bartaraf qilish choralari ko‘rilmoqda”, degan hodisa joyiga yetib borgan Transport vazirligi vakili Zarilbek Monoshev.

Ma’lumot o‘rnida, Qora-Keche Qirg‘izistondagi eng yirik ko‘mir konlaridan biri hisoblanadi. Bu yerdagi ko‘mir zaxiralari 400 mln tonna deb baholanadi. Konda bir vaqtda uchta kompaniya ko‘mir qazib olish bilan shug‘ullanadi. Ular Bishkek shahri, Chu, Talas, Jalol-obod va Norin viloyatlarini ko‘mir bilan ta’minlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Qirg'izistonda ko'chki

Baholaganlar

76

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar