Qirg‘izistonda yirik korrupsion sxema fosh qilindi
Olam
−
15 iyul 2025 10403 1 daqiqa
Qirg‘izistonning So‘quluq tumanida yirik korrupsiyaviy sxema fosh etildi. Bu haqda Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yildan buyon yirik qishloq xo‘jaligi yer egalari mansabdor shaxslar ko‘magida 200 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini yakka tartibdagi uy-joy qurish uchun noqonuniy ravishda o‘zlashtirgan. Shundan so‘ng yerlar sotib yuborilgan. IIBB ta’kidlaganidek, yer egalari bir xil tomorqalarni bir necha fuqarolarga pullagan.
Mazkur fakt Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 336-moddasi (korrupsiya) bilan qayd etilgan. Jinoyat ishi doirasida tintuv o‘tkazilib, ularda quyidagilar aniqlangan: ishonchnomalar, yer uchastkalari uchun noqonuniy berilgan davlat hujjatlari, qishloq xo‘jaligi yerlari konturlarining noqonuniy sxemalari, texnik pasportlar, oldi-sotdi shartnomalari, fuqarolarning arizalari, ro‘yxatlar, topografik sxemalar, bank kartalari, shuningdek, milliy va xorijiy valyutadagi pullar hamda boshqa dalillar.
Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi xodimlari tomonidan gumon qilinib, K.K., J.N., T.T., O.A. va K.A.lar qo‘lga olingan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Live
BarchasiUkraina bo‘yicha muzokaralarning ikkinchi raundi Abu-Dabida 4–5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi – Kreml
17:12
Toshkentda bank xodimi va MCHJ mas’ul shaxslari 120 ming dollar kreditni qimorga tikib yubordi
16:26