Qirg‘izistonda saylov: Japarov ovoz berishda qiyinchilikka duch kelgan rafiqasiga yordam berdi (video)

Olam

image

Qirg‘izistonda Jogorku Kenesh (Yuqori Kengash) deputatlari saylovi bo‘lib o‘tmoqda. Mamlakat Prezidenti Sadir Japarov turmush o‘rtog‘i Oygul Japarova bilan Bishkekning Lenin tumanidagi 1053-saylov uchastkasida ovoz berdi.

Qirg‘iziston OAVning yozishicha, ovoz berish jarayonida birinchi xonim qiyinchilikka duch kelgan. U qaysi saylov qutisiga qaysi byulletenni qo‘yishni darhol aniqlay olmagan. Sadir Japarov rafiqasiga qanday qilib to‘g‘ri ovoz berishda yordam bergan. Keyin ular birgalikda saylov qutisiga byulletenlarni tashlashgan.

“Avvaliga buni tushunish juda qiyin. Mamlakatda saylov tizimi o‘zgartirildi, demak, 120 ta xalq deputati o‘rniga 90 nafar deputat bo‘ladi. Ulardan 54 nafar deputat proporsional tizim bo‘yicha (siyosiy partiyalar nomzodlarining ochiq ro‘yxatlari bo‘yicha) yagona saylov okrugi bo‘yicha, 36 deputat bir mandatli okruglarda majoritar tizim bo‘yicha saylanadi”, deya yozadi 24.kg axborot agentligi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

362

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing